Endi 14 ta yo‘nalishida sirtqi ta’lim bo‘lmaydi
Jamiyat
−
24 iyun 2022
599392023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi Oliy ta’lim muassasalarida 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining "Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari "4+2" tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishi ta’minlanadi;
har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-o‘qituvchilarini ushbu muassasalarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan xorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. 1-ilovada ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
LiveBarchasi