Endi huquqbuzarliklar haqida xabar bergan qorovullar mukofotlanadi

Jamiyat

image

Davlat organlari va tashkilotlarining qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar haqida xabar bergani uchun mukofotlanishi mumkin. Tegishli tartib joriy yilning 14 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan "Davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarlik va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarini xabardor qilish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda belgilab qo‘yildi.

Nizomga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida jinoyatlar, huquqbuzarliklar, gumondorlar, qidiruvdagi shaxslar, avariyalar, yong‘in, halokat va boshqa nojo‘ya hodisalar aniqlanganda qorovullik bo‘linmalari:

•  darhol Ichki ishlar boshqarmasi organlariga xabar beradi;

•  IIB va Milliy gvardiya xodimlari kelgunicha huquqbuzarlik va hodisa izlari saqlanishini ta’minlaydi;

•  IIB va Milliy gvardiya xodimlariga hodisa to‘g‘risida axborot beradi;

•  tabiiy va texnogen favqulodda holatlarni bartaraf etadi, odamlarni qutqaradi.

Shuningdek, qorovullik bo‘linmalari IIB va Milliy gvardiya bo‘linmalariga hodisa haqida telefon orqali xabar berishi kerak bo‘ladi.

Nizomga ko‘ra, telefon bo‘lmaganida yoki ishlamaganida aloqaning boshqa turlari, masalan xushtakdan quyidagi signallardan foydalaniladi:

•  “Ushla” – bitta uzun signal;

•  “Yordamga” – ikkita qisqa signal.

Qorovullik bo‘linmalari xabari orqali jinoyat, huquqbuzarliklar sodir etgan qidiruvdagi shaxslar aniqlanganda, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi holat bartaraf etilganda qorovullik bo‘linmalari xodimlari 1 martalik pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing