Endi haydovchilarga qoidabuzarlik uchun ball beriladi

Jamiyat

image

2021 yilda O‘zbekiston bo‘yicha 95 ming nafar haydovchi 5 tadan ko‘p, 9 ming nafari 20 tagacha, 700 nafari 50 tagacha, 18 nafari 100 tagacha qoidabuzarlik sodir etgan. Bu haqda bugun, 11 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan  “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.

Qayd etilishicha, yunusobodlik haydovchi 2021 yilda 133 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan (230 million so‘m jarima hisoblangan). Yuqori chirchiqlik haydovchi esa 2021 yil 11 oyida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir qilib, oxir-oqibat jiddiy yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. 

Davlat rahbari bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini ma’lum qildi. Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa – 3 ball hisoblanadi.

Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Shuningdek, avtomobilni tartibsiz boshqarib, boshqa haydovchilarga xalaqit qilganlik uchun alohida yo‘l bezoriligi degan yangi javobgarlik turi kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

478

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing