Endi har oyda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Endilikda har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hukumat topshirig‘iga binoan, 2024 yil mart oyidan boshlab har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" deb e’lon qilindi.

Hukumat topshirig‘iga binoan, “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi 2024 yilda quyidagi kunlarga to‘g‘ri keladi:

  • 24 aprel;
  • 22 may;
  • 26 iyun;
  • 24 iyul;
  • 28 avgust;
  • 25 sentyabr;
  • 23 oktyabr;
  • 27 noyabr;
  • 25 dekabr.

“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Avtomobilsiz kun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing