Emizikli onalar emlanishi qanchali xavfli? JSST javob berdi
Salomatlik
−
22 iyul 2021
8462Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti emizikli onalarga koronavirusga qarshi emlanishni tavsiya qildi. Bu haqda JSSTga tayanib, “Kommersant’” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, emizikli onalarni koronavirusga qarshi emlash hech qanday xavf tug‘dirmaydi, aksincha, ularning bolalarini yuqumli kasalliklardan saqlaydi.
"Bir qator qisqa muddatli tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, emizikli onalarning immunizatsiyasi tufayli bolalar uchun xavf yo‘q. Bundan tashqari, vaksinadan keyin paydo bo‘ladigan himoya bolaga ham o‘tishi mumkin", deyiladi JSSTning Jeneva shtab-kvartirasidan olingan xabarda. Shtab-kvartira mutaxassislarining fikriga ko‘ra, "emlash tufayli ko‘krak suti bilan oziqlanishni to‘xtatmaslik kerak”.
JSSTning ta’kidlashicha, homiladorlik paytida koronavirusga chalinish xavfi katta. Shu sababli, tashkilot homilador ayollarga vaksina olishni tavsiya qiladi.
Biroq “Sputnik V” vaksinasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada emizikli ayollar uchun ushbu vaksina tavsiya qilinmasligi aytilgan. Xuddi shu yo‘riqnomaga ko‘ra, homiladorlik paytida vaksinaning onaga keltiradigan foydasi tug‘ilajak bola uchun ehtimoliy xavfdan yiroq bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Joriy yilning iyun oyida esa JSST homilador ayollarga ham COVID-19 ga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanishga ruxsat berdi.
LiveBarchasi