Emiliano Martines “Chelsi”ga o‘tdi – Romano

Sport

image

Angliyaning “Aston Villa” klubi va Argentina milliy terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines “Chelsi”ga o‘tdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Romano ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv qiymati 7,5 million funt sterlingni tashkil etadi. Kecha, 27 avgust kuni Emiliano Martines “Stemford Brij”ga o‘tishga rozilik bergan. 

Argentinalik darvozabon “Chelsi” bilan 2028 yil iyuniga qadar shartnoma imzolaydi. Bitimda uni 2029 yil iyuniga qadar uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

“Chelsi”ning hozirgi darvozaboni Robert Sanches joriy yilning 24 avgust kuni Premer-liganing birinchi turida “Fulxem”ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun tanqid qilingandi. Ispaniyalik darvozabon raqibning gollariga sabab bo‘lgan ikkita xatoga yo‘l qo‘ygan.

Shuningdek, “Yuventus” ham Martinesga qiziqish bildirgan edi, ammo tomonlar kelishuvga erisha olmadi. Yakunda turinliklar “Tottenxem”dan Gulelmo Vikarioni tanladi.

Ma’lumot uchun, Emiliano Martines 2025-2026 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, u Yevropa ligasida 11 ta o‘yinda ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing