Eldor Shomurodovning sobiq jamoadoshi PSJga o‘tishga yaqin turibdi

Sport

image

Italiya terma jamoasi va “Sassuolo” klubi hujumchisi Janluka Skamakka PSJga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Parij klubi Skamakka uchun 40 mln yevro taklif qilgan. Parij klubi “Sassuolo” bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Biroq italyan jamoasi PSJ jo‘natgan 40 million yevrolik chekni qabul qilmoqchi emas, ular so‘rayotgan pul 50 mln yevroni tashkil qiladi.

Qayd etish joizki, PSJ rahbariyati Skamakka uchun yiliga 3,5 million yevro maoshni o‘z ichiga oluvchi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma tayyorlab qo‘ygan. 

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Skamakka futboldagi ilk qadamlarini Rimning “Roma” hamda “Latsio” klublarida qo‘ygan. U 2017 yilda “Sassuolo”ga ko‘chib o‘tdi . Shuningdek, ma’lum vaqt boshqa jamoalarda ijara asosida ham to‘p tepgan. “Jenoa” futbolchisi sifatida o‘ynayotgan paytida o‘zbekistonlik Eldor Shomrodov bilan jamoadosh bo‘lgan. Janluka Skamakka 2021-2022 yilgi mavsumda Italiya A Seriyasida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing