Elektron hukumat markaziga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
29 dekabr 2021
4244Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markaziga Aziz Hakimovich Muxiddinov direktor etib tayinlandi.
Aziz Muxiddinov 1985 yil Toshkent shahrida tavallud topgan.
Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya texnologiyalari universitetini tamomlagan. Ma’lumoti oliy.
Iqtisod fanlari nomzodi. O‘z faoliyatini 2008 – 2012 yillarda “O‘zbektelekom” AKda mutaxassis va bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan.
2012 – 2017 yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2017-2018 yillarda “UZINFOCOM” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari, direktor vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yildan shu kunga qadar “UNICON.UZ” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab keldi.
LiveBarchasi