Elektromobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish benzinli mashinaga qaraganda 5 barobar arzon bo‘ladi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonda elektromobillarga imtiyoz berilayotganini e’lon qildi. 

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida — 510 ming so‘m to‘lov belgilanmoqda.

Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida to‘lov belgilanmoqda.

Aholining yashil energetikada harakatlanuvchi transport vositalari xarid qilishini rag‘batlantirish maqsadida bunday toifadagi transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida imtiyoz berilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing