Elektromobillar uchun alohida davlat raqami berish boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat raqami berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar yo‘l harakati xavfsizligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 noyabriga qadar davlat ro‘yxatida o‘tkazilgan elektromobillar uchun alohida davlat raqami bepul almashtirib beriladi. 

Bundan tashqari, auksion savdolarida yutilgan davlat raqami belgilari elektromobillar uchun alohida qaytadan ishlab chiqariladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi joriy yil 12 avgustda qabul qilgan 513-sonli qaroriga asosan elektr quvvatida harakatlanadigan avtotransport vositalari uchun alohida davlat raqami belgilari ishlab chiqarildi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistonga 10,5 mln dollarlik yoki 558 ta elektromobil import qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing