Elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Prezident qarori tayyorlandi
Jamiyat
−
25 mart 2022
10055O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, respublikada elektromobillar ommaviylashuvini ta’minlash, uning bozorini shakllantirish hamda elektromobillardan foydalanishda zarur infratuzilmani yaratish uchun:
• xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida xalqaro standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori bo‘lgan elektromobillarni olib kirish va ulardan xususiy, byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari va jamoat transporti ehtiyojlarida foydalanishni kengaytirish;
• respublikadagi mavjud qonunchilik asoslari va infratuzilmani qaytadan ko‘rib chiqish, elektromobillar xarid qilishni qo‘llab-quvvatlash hamda ulardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni davlat tomonidan rag‘batlantirish;
• “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida yashil energiya manbalari mahsulotlarini loyihalash, ishlab chiqarish va moliyalashtirganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan soliq va bojxona imtiyozlarini nazarda tutuvchi rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda.
Shu bilan birga, elektromobillarni respublika hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va 2030 yilga borib respublikada sotilayotgan avtotransport vositalarining kamida 15 foizini elektromobillar tashkil etishiga erishish uchun:
• Respublikada elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish va ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun respublikadagi mavjud tabiiy resurslar (litiy, grafit va mis) asosida butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘zlashtirish va elektoromobillarga hizmat ko‘rsatish tizimini yaratish;
• elektromobillar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishning to‘liq siklini yaratish, Mis sanoati klasteri bazasida elektr quvvatlantirish stansiyalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarni hamda konstruktorlik byurolarini tashkil etishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
• soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, elektromobillar sohasida raqobat muhitini yaratish va uni rivojlantirish uchun:
• respublika hududida elektromobillar ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini ko‘paytirish;
• elektromobillar bozorining barcha ishtirokchilari uchun yagona qoidalarni joriy etish belgilanmoqda.
LiveBarchasi