Elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi – Mirziyoyev
Jamiyat
−
20 avgust
27630Endi elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi. Bu haqda bugun, 20 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi.
Bildirilishicha, barcha sanoat korxonalari elektr va gazga o‘rnatilgan limit oshib ketsa, to‘lov 2 karra ko‘p undirilayotganidan norozi bo‘lmoqda. Shuning uchun, sanoatning o‘sishiga ta’sir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilangan.
Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Byudjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarning hisob raqamiga “inkasso” qo‘yilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga to‘lov qila olmayapti. Vaholanki, ishlab chiqarish to‘xtamasa, qarzdorlik tezroq uziladi.
Endilikda “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi.
LiveBarchasi