Elektr ta’minotida avariyaviy o‘chishga nima sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avariyalar oldini olishga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganilganda 112 ta podstansiyadagi elektr qurilmalarning 356 tasida me’yoridan ortiq qizish holatlari aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, energetika ob’ektlarida elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy nazorat tadbirlar olib borilyapti.

Xususan, hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarida paydo bo‘layotgan qizishlarni aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklari amalga oshirilmoqda. Energetika ob’ektlaridagi mas’ul shaxslar tomonidan kontakt birikmalardagi qizishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilmayotgani oqibatida avariyaviy o‘chishlarga, uskunalarni shikastlanishiga va o‘z navbatida elektr ta’minoti buzilgan iste’molchilarni o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘luvchi holatlar yuzaga kelmoqda.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar rasmiylashtirilib, inspeksiya tomonidan tizim korxonalariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan va uning bajarilishi nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganligi to‘g‘risida xabarlarga munosabat bildirgandi. Unga ko‘ra, joriy yilning avgust oyidan “Het Billing” dasturiy kompleksi tashkil etilgan. Ayni shu jarayonda eski tizimdan iste’molchilarning arxiv ma’lumotlarini yangi tizimga ko‘chirishda ayrim iste’molchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Elektr ta'minoti Avariyalar “O'zenergoinspektsiya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing