Elektr energiyasi uchun to‘lovlar vaqtincha cheklanishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

1 noyabr soat 23:00 dan 3 noyabr soat 22:00 ga qadar elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.  Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xabar bermoqda.

Bunga sabab sifatida aksiyadorlik jamiyatining ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari olib borilishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, iste’molchilar elektr energiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni ham vaqtincha ko‘rolmaydi. Biroq, ko‘rsatilgan ushbu muddat ichida qarzga kirgan iste’molchilar tarmoqdan uzilmaydi.

O‘zA e’lon qilgan xabarga ko‘ra, ikki kun davomida mobil ilovalardan tashqari, bank kassalari orqali ham to‘lovni amalga oshirishning iloji bo‘lmasligi mumkin. 

HET Markaziy bankni billing tizimidagi profilaktika ishlaridan 29 sentyabrda xabardor qilgan.

 Shahboz Abdusattorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing