Elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olmagan – Energetika vazirligi
Jamiyat
−
09 iyul
6515Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani qayd etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu xabar mutlaqo noto‘g‘ri.
“Ijtimoiy tarmoqlarda elektr hisoblagichlar aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi to‘g‘risida murojaatlarning har biri Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan alohida nazoratga olinib, har bir murojaat joyiga chiqqan holda mualliflar ishtirokida o‘rganilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘rganishlar jarayonida aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.
Vazirlik ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan aholi orasida shubha uyg‘otuvchi ma’lumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda “bu kabi tasdiqlanmagan xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini” eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Energetika vazirligi O‘zbekistonda iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilganini ma’lum qilgan va shu bois yaqin istiqbolda iste’molchilarga qo‘llanilayotgan oylik 200 kVt·soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emasligini bildirgandi.
LiveBarchasi