Eldor Yevropada qolgani yaxshi – Ahmedov

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning o‘yini haqida fikr bildirdi. Hozirga vaqtda Shomurodov Italiyaning "Roma" klubi sharafini himoya qilmoqda.

"Men Eldor bilan gaplashaman – u "Roma"da qolmaydi. Menimcha, u qishda boshqa klub izlashi kerak. Eldor uchun Yevropada qolish yaxshiroq variant. Shomurodov allaqachon Yevropada o‘z o‘rnini topib ulgurgan. U gollar urdi, o‘ziga berilgan vaqtda yaxshi o‘ynadi. Uning Rossiya chempionatiga qaytishi shart emas”, deydi Ahmedov.

Ma’lumot uchun, Shomurodovning "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Futbolchining transferi 8 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi sardori joriy mavsumda "bo‘rilar" safida atigi 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing