Eldor Shomurodov Turkiyaning grand klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Superliganing boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sporsafe” xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Fenerbahche” chempionat doirasida o‘zining ajoyib o‘yini bilan ajralib turgan Shomurodov bo‘yicha “Bashakshehir” bilan bog‘langan. Klub prezidenti Go‘ksel Gumushdog‘ esa futbolchining transfer huquqi uchun 20 million yevro talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

“Bashakshehir” hujumchini sotib olish uchun jami 5,7 million yevro sarflagan. Shuningdek, futbolchining keyingi transferidan olinadigan foydaning 10 foizi “Roma” klubiga beriladi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsum chempionat doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik futbolchi N’Gola Kantening  “Fenerbahche”ga transferi barbod bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Eldor Shomurodov grand klubi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing