Elmira Bekmurodova yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
21 Oktyabr 2019 41896 1 daqiqa
O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlarining har tomonlama shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning axborot olishga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan har bir tashkilot tizimida matbuot kotibi, axborot xizmati rahbari lavozimlarining joriy etilishi shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Axborot xizmatining boshlig‘i Elmira Ruslanovna Bekmurodova vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va bunda o‘zining avvalgi lavozimini saqlab qoladi.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr