“El-Klasiko”ni kim boshqaradi?

Sport

image

FIFA referisi Xuan Martines Munuera “Barselona” — "Real Madrid" o‘yiniga hakam etib tayinlandi. Bu haqda AS xabar berdi.

Munuera o‘tgan mavsumda ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda hakamlik qilgan. O‘shanda “Real” La Liganing 7-turida 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘sha o‘yinda “Barselona” a’zosi Kleman Langle Serxio Ramosni jarima maydonchasida futbolkasidan tortganidan keyin Munuera Madrid klubi foydasiga penalti belgilagandi.

Munuera ishlagan o‘yinlarda “Real” 18 marta g‘alaba qozongan, 6 bor durang o‘ynagan va 5 marotaba mag‘lubiyat alamini totib yeo‘rgan. “Barselona” esa 16 ta g‘alaba, 6 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ispaniya kubogi 1/2 finali doirasidagi dastlabki “El-Klasiko”da “Barselona” kichik hisobda g‘alaba qozongandi. Javob uchrashuvi natijasi kubok finalchisini aniqlab beradi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Xuan Martines Munuera

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing