“El klasiko”ga hakam tayinlandi

Sport

image

22 aprelga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 32-turi doirasida Madridning “Real” klubi Kataloniyaning “Barselona” klubini qabul qiladi. Uchrashuvni Soto Grado boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

FIFA referisi Xose Maria Sanches esa uchrashuvda VAR hakami sifatida faoliyat olib boradi. 

43 yoshli Soto Grado shu vaqtga qadar 2 marta “Barselona”, 3 marta “Real” ishtirokidagi o‘yinlarni boshqarib borgan. E’tiborlisi, u ishlagan o‘yinlarda ikkala klub ham mag‘lubiyatga uchramagan.

Hozirda La Ligada “Real” ortda qolgan 31 turdan so‘ng 78 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Barselona” esa 70 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan. “El klasiko”dagi g‘alaba “ko‘k-anorranglilar”ni chempionlik poygasiga qaytarishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Soto Grado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing