Ekvadorda baland “ananas” bino qurildi

Bu qiziq

image

Janubiy Amerikada joylashgan Ekvador mamlakatida murakkab konstruksiyali bino qurib bitkazildi. Turar-joy majmuasi Ekvador  poytaxti Kitodagi eng baland binodir. Bu haqda “Walpaper” sayti xabar berdi.

Majmuaning umumiy balandligi 133 metr, qavatlar soni esa 32 tani tashkil qiladi. Loyihaning eng noyob tomoni “tikanli” ayvonlar bilan qoplanganida. Shuningdek, binoning asosi aylana ko‘rinishiga ega. Shu tufayli uni uzoqdan ko‘rgan odam katta ananas mevasiga o‘xshatadi. Hozirga qadar bu usuldan asosan kam qavatli binolarda qo‘llanilgan. Shu sababli majmua eng noodatiy, murakkab, baland binolar qatoridan o‘rin oldi.

Binoda faqat turar-joy xonalari emas, balki savdo do‘konlari, kichik bog‘lar, dam olish hududlari, ofislardan tashkil qopgan. Umumiy hisobda 220 xonadon, 36 ta ofis mavjud. Yana bir muhim tomoni uni dunyoga tanitayotgan ayvonlari mahalliy o‘simliklar va daraxtlar bilan qoplangan.

“Biz Kito shahrining barcha o‘ziga xos tomonlarini loyihaga kiritdik. Kitoda fasllar inson va o‘simliklar hayoti uchun juda chiroyli o‘tadi. Bizning maqsadimiz mana shu tabiiy zavqlanishni bir nuqtada turib his qilishdir. Bu binoda ham kompaniyamiz dizayniga aylangan “tikan”lardan foydalandik”, deydi “BIG” kompaniyasi asoschisi Bjarke Ingels.

Nurmuhammad Fayzullayev 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing