Ekvadorda 100 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi

Olam

image

Kecha, 9 may kuni Ekvadorning Santo-Domingo-de-los-Tsachilas shahridagi Bella-Vista qamoqxonasida tartibsizliklar boshlandi. Oqibatda 100 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda “Anadolu”agentligi xabar berdi.

“43 mahbus vafot etdi, tergov davom etmoqda. Qo‘zg‘olonning so‘nggi soatlarida 100 dan ortiq mahbus bedarak yo‘qolgan”,  deyiladi xabarda. 

Ekvador Ichki ishlar vaziri Patrisio Kastiloga ko‘ra, xavfsizlik choralari tufayli 112 mahbus qochishining oldi olingan.

“Qamoqxonadagi vaziyat to‘liq harbiylar nazoratida, qochoqlarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya boshlandi. Tintuvlar natijasida kameralardan o‘qotar qurollar va kesuvchi buyumlar olib qo‘yildi”, deydi vazir.

Ekvadorda 30 000 kishilik 65 ta qamoqxonada 39 000 ga yaqin mahbus va mahkum bor. Vaqti-vaqti bilan to‘dalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar odamlarning o‘limi bilan yakunlanadigan tartibsizliklarga olib keladi.

O‘tgan yildan beri mamlakatda jinoiy guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 400 dan ortiq mahbus halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing