Ekvador Ukraina uchun AQSHga qurol topshirmaydigan bo‘ldi
Olam
−
20 fevral
5845Ekvador Vashington Kiyevga topshirishni rejalashtirgan sovet uslubidagi qurollarni AQSHga yuborishdan bosh tortganini rasman tasdiqladi. Bu haqda kecha, 19 fevral kuni Janubiy Amerika davlati Tashqi ishlar vaziri Gabriela Sommerfeldning tegishli bayonoti e’lon qilindi.
"Ekvador xalqaro qurolli mojaroda ishtirok etayotgan davlatga hech qanday harbiy material yubormaydi", deydi Gabriela Zommerfeld.
Qayd etish joizki, Ekvador Prezidenti Daniel Noboa yanvar oyida Amerikaning zamonaviy qurollari evaziga sovet tipidagi qurollarni AQSHga topshirish rejalarini e’lon qilgan edi.
Taxminlarga ko‘ra, Ekvador AQSHga 200 million dollarlik oltita harbiy vertolyot, uzoq masofali raketalar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishi kerak edi.
Rossiya bu ta’minotga ruxsat bermadi. Rossiya mahalliy matbuotining yozishicha, Ekvadorning AQSHni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash rejalari ma’lum bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, Rossiya Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati “Rosselxoznazdor” beshta ekvadorlik yetkazib beruvchining bananlaridan zararkunanda topgani ma’lum bo‘ldi va uning importini taqiqlab qo‘ydi.
LiveBarchasi