Ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan virtual guruh yetakchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan virtual guruh yetakchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali destruktiv kuchlar ta’siriga tushib qolgan va natijada Telegram‘da virtual guruh tashkil qilgan. Guruhga Namangan shahrida yashovchi 9 nafar shaxs a’zo bo‘lgan.

O‘z navbatida yetakchi guruhga terroristik va ekstremistik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan “Sodiq Samarqandiy”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Mahmud Abdulmo‘min”, “Abu Saloh”larning “hijrat” va “jihod” to‘g‘risidagi ma’ruzalarini joylab, guruh a’zolarini Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishga da’vat qilgan.

Olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g”bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Guruh a’zolarining xatti-harakatlariga nisbatan ham tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing