Eksportyorlarga qanday imtiyozlar berilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Endi eksportyor eksport shartnomasini bajarish uchun hech ikkilanmasdan kredit olishi mumkin. Chunki, milliy valyutada olgan krediti foiz harajatlarining 10 foizigacha bo‘lgan qismi davlat byudjetidan kompensatsiya qilib beriladi. 

Bu haqda bugun, 31 oktyabr kuni Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi maxsus qarorga bag‘ishlangan  matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda 5 ming 235 ta ekportyor  faoliyat olib bormoqda. Ulani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sonini ko‘paytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Shu jumladan, eksportyorga kredit olish uchun garov ta’minoti yetishmasa, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan kredit summasining 50 foizigacha (4 milliard so‘mgacha) qismi uchun kafillik olishi mumkin. 

Bundan tashqari “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi xizmatlaridan foydalanilganda olgan kreditini, tasdiqlangan akkreditivini, qisqa muddatli debitor qarzdorligini xatarlardan sug‘urtalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Tadbirkor kredit olishida garov ta’minoti yetishmagan taqdirda kredit summasining 50 foizgacha qismiga sug‘urta polisi olishi va tijorat bankiga garov sifatida taqdim qilishi mumkin.

Eksport salohiyati va savdo infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jasur Avezovga ko‘ra, shu yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 47 eksportyor tadbirkor kredit olish jarayonida belgilangan turdagi imtiyozdan foydalangan. 

Ularga 104 milliard so‘mlik kredit olishda Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan foiz xarajatlarining 1 qismini kompensatsiya qilish bo‘yicha imtiyoz berilgan. 4 tadbirkorga esa 7 milliard so‘mlik kreditlar bo‘yicha kafillik berishda yordam qilingan. 

 Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan shu kunga qadar 8 ta xalqaro ko‘rgazmalarda 105 ta tadbirkorlarning ishtirok ta’minlandi va ularning qatnashishi bilan bog‘liq 2 milliard so‘mdan ortiq xarajatlariga moliyaviy ko‘mak berildi.

Joriy yil so‘ngiga qadar Xitoyning Shanxay shahrida "Shina International Import Expo" xalqaro import ko‘rgazmasi, Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 10-14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "FOODEX SAUDI 2019" xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi hamda Polsha poytaxti Varshavada 20-22 noyabr kunlari o‘tkaziladigan "Fast Textile Fair-2019" xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida ishtirok etadigan eksportyorlarning ro‘yxati shakllantirilgan va ularga moliyaviy ko‘mak beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eksportyorlarga qanday imtiyozlar beriladi

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar