Ekilmagan 6,2 mln daraxt hisobotlarga “ekildi” deb qo‘shib yozilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

“Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida joriy yil bahorda 6 mln tupdan ortiq ekilmagan daraxt hisobotlarga ekilgan deb yozilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari hamda kotibiyatlari mudirlari bilan uchrashuvda aytib o‘tildi.

Uchrashuvda ayrim hududlarda ishlar sifatli bajarilmay kelayotgani, xususan, “Yashil makon” umummilliy aksiyasi doirasida shu yil bahorda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, daraxt ekish ishlarini tizimli tashkil etmasdan, sug‘orish va parvarishlash uchun tegishli mas’ullar biriktirilmagan. Haqiqatda ekilmagan 6,2 mln dona ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan, 3,4 mln dona ko‘chat sug‘orish tizimi bo‘lmagan joylarga ekilgan. 2,4 mln dona ko‘chat suvsizlik va yetarli parvarish bo‘lmaganligi sababli bahor tugamasdan qurib nobud bo‘lgan. Yerning tabiiy iqlim xususiyatlarini inobatga olmagan holda 341 ming dona ko‘chat yaroqsiz yerlarga ekilgan.

Senat Raisi bu boradagi kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish, ularning oldini olish maqsadida mahalliy Kengashlar oldiga qator vazifalarni belgilab bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing