Yoqutxon Xolbekova jahon chempioni bo‘ldi (video)
Sport
−
29 Sentabr 2025 10845 1 daqiqa
Bugun, 29 sentyabr kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahri mezbonligida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik atlet Yoqutxon Xolbekova oltin medalni qo‘lga kiritdi. U ayollar o‘rtasida T12 toifasidagi uzunlikka sakrash bellashuvlarida ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yoqutxon Xolbekova 5,54 metr natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda musobaqa oltin medaliga ega chiqdi. Bu Xolbekovaning joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
Ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash dasturi (T12):
- Oltin medal: Yoqutxon Xolbekova (O‘zbekiston) – 5,54 metr;
- Kumush medal: Lida Lounela (Finlandiya) – 5,28 metr;
- Bronza medal: Hamri Linda (Jazoir) – 5,16 metr.
Ma’lumot uchun, Yoqutxon Xolbekova Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida 3,43 metr natija bilan musobaqani 9-o‘rinda yakunlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yorqinbek Odilov va Tolibboy Yo‘ldoshev ham Jahon chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025