Yog‘li ovqatlarning xavfliligi isbotlandi
Salomatlik
−
19 yanvar 2021
8667Yog‘li ovqatlarning chindan ham zararli ekani va ular jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkinligi Xitoy olimlari tomonidan isbotlandi. Bu haqda "Vechernyaya Moskva" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, xitoylik olimlar o‘zlarining ilmiy ishlarida 19 ta tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilgan.
Qayd etilishicha, tadqiqotlar jami 560 ming kishini qamrab olgan.
Olimlar to‘qqiz yil davomida ularning salomatligini kuzatib borgan. Shu vaqt ichida ko‘ngillilar tarkibidagi 36,7 ming kishida yurak kasalligi qayd etilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yog‘li ovqatlarni iste’mol qilish bilan yurak-qon tomir kasalligi, yurak yetishmovchiligi va insult kasalliklari rivojlanishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, yurak va qon tomirlari uchun eng foydali mahsulotlar sirasiga baliq, sarimsoq va pomidorni kiritish mumkin. Shuningdek, qizil uzum va tarvuz ham inson organizmining ushbu a’zolariga foydalidir.
LiveBarchasi