Eden Azar APLga qaytishi mumkin

Sport

image

"Real Madrid" yarim himoyachisi Eden Azar APLga qaytishi mumkin. Belgiyalik futbolchiga “Arsenal” da’vogarlik qilmoqda. “To‘pchilar”ehtimoliy transfer borasida allaqachon “los blankos” bilan aloqaga chiqqan. Shuningdek, futbolchiga “Nyukasl” ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

31 yoshli yarim himoyachining o‘zi “Real Madrid”ni tark etishni istamayapti va kelasi mavsumda jamoaning asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashmoqchi. “Real Madrid” klubi esa belgiyalik futbolchini sotishga qarshi emas.

Ma’lumot o‘rnida, Eden Azarning “Real Madrid” bilan imzolagan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Belgiyalik yarim himoyachi joriy mavsumda “qaymoqranglilar” safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali Azarni 18 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing