YeCHL va YeL: Chorak finalda raqib tanlovi

Tahlil

image

Qur’aning ko‘zi ko‘r deyishadi. Ayniqsa hamma jamoa bitta savatga joylashtirilganda, yanayaam qiziqroq va kutilmagan holatlar yuzaga keladi.

Yevropaning eng nufuzli ikki turniri YeCHL va YeL bahslarining eng qaynoq pallalari chorak finaldan boshlanadi. Bu gal qur’a jarayonida faqat bitta savatdan foydalaniladi. Sakkizta jamoaning istalganiga har qanday raqib rubaro‘ kelishi mumkin. 

YeCHLda sakkizta raqibning hammasi ham bosh sovrinni yuta oladigan darajadagi jamoalar emas. Misol uchun, Portu, Ayaks va Tottenxem klublari boshqalarga nisbatan kuchsiz raqib deb hisoblanmoqda. CHLni yutish uchun asosiy davogarlar sifatida, ekspertlar Barselona, Yuventus va Manchester Sitining imkoniyatlarini yuqori deb hisoblashayapti. Ammo Liverpul va Manchester Yunayteddan har qanday xavfni kutish mumkin.

YeLda esa vaziyat umuman boshqacha. Bu musobaqaning favoritlari ham grand klublar sanalsada, bu yerda har qanday mo‘jizaga guvoh bo‘lib qolishingiz mumkin. Inter va Sevilya klublarining turnirni nimchorak finaldayoq tark etishi gapimizning isboti bo‘la oladi. Ammo bu musobaqada chorak finalda kurashni to‘xtatib, ortga qaytmoqchi bo‘layotgan raqibning o‘zi qolmadi. Asosiy favoritlar Arsenal, Chelsi va Napoliga ergashib, Valensiya, Vilyarreal, Benfika, Ayntraxt, Slaviya va Red Bull jamoalari ham keyingi yil YeCHLda beminnat ishtirokni ta’minlash uchun YeL bosh sovrinini boshi o‘zra baland ko‘tarishni xohlashmoqda.

Xullas, g‘alvirni suvdan ko‘taradigan palla yaqinlashmoqda. Buyog‘iga kim qanday kuchga ega ekanligi oydinlashadi. Hech qanday hazillarga o‘rin yo‘q, aks holda, nufuzli sovrindan mosuvo bo‘lish hech gap emas.

Shunday qilib bugungi qur’ani kutamiz. Umid qilamizki, yarim finalga ortiqcha savollarga o‘rin qoldirmay, eng munosiblar yo‘l oladilar.


Maqola muallifi

Teglar

EChL EL

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing