E vitamini yetishmovchiligi qanday oqibatlarga olib keladi?
Salomatlik
−
12 noyabr 2021
18068Diyetolog Olga Chuntonova E vitaminining organizmdagi yetishmovchiligini qanday qoplash haqida ma’lumot berdi.
“E vitamini ko‘pincha “ayollar vitamini” deb ataladi. U tanani erta qarishdan himoya qiladi va sog‘lom farzand tug‘ilishiga yordam beradi. E vitaminining yetishmasligi reproduktiv funksiyaning buzilishiga olib keladi”, deb ta’kidlagan ekspert.
Ta’kidlanishicha, E vitamini yetishmovchiligining asosiy ko‘rinishlari — mushaklar distrofiyasi, harakat muvofiqlashtirilishining buzilishi va ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi.
“Teri elastikligini yo‘qotadi, sochlar nursiz bo‘lib, sina boshlaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Chuntonova.
Diyetolog E vitaminini o‘z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tgan: bodom, brokkoli, qizil ikra, bulg‘or qalampiri, bug‘doy urug‘i yog‘i, avakado.
“Vitaminni profilaktika sifatida qabul qilish mumkin, D vitamini bilan birgalikda iste’mol qilish bundan mustasno. A va S vitaminlari, aksincha, E vitamini bilan mos keladi. Vitamin epilepsiyada tavsiya qilinmaydi”, deya xulosa qilgan mutaxassis.
LiveBarchasi