“E-IJRO AUKSIONI”: 229-moddani qo‘llab-quvvatlashni talab qilamiz
Jamiyat
−
11 dekabr 2019
4676Davlat mulkini hususiylashtirish investitsiyalarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishda samarali vositadir. Bunday xususiylashtirish ishlari ayni vaqtda “E-IJRO AUKSIONI” orqali onlayn tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Ammo, investor ishonib mulkni elektron sotib olganidan so‘ng, bu mulk ijroga qaratilgani noto‘g‘ri ekanligi belgilanib qaytarib olingan hollar mavjud.
QALAMPIR.UZ bilan suhbatda “E-IJRO AUKSIONI” onlayn markazi direktori Muhiddin Xodjayev mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
“Prezident tomonidan yangi qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, bayonnomada yutib chiqqan shaxs insofli g‘olib deb aytiladi. U mulk savdoga chiqqanida kamchiligi bormi, yo‘qmi bexabar bo‘ladi. Yerni sotib olib, qonuniy ega chiqqanidan so‘ng, undan mulkni qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolik kodeksining 229-moddasi mavjud. Biz uni hamma qo‘llab-quvvatlashini talab qilamiz. Sud qarori bo‘yicha mulkni tortib olish ham mumkin emas. Bu haqda 229-moddaning ikkinchi qismida aniq qilib yozilgan. Kimki “insofli g‘olib” bo‘lsa, u auksionda qatnashayotganda hech nimadan xabari bo‘lmaydi. Saytga kirib, hamma qatori qatnashib eng yuqori ballni olib mulkka ega bo‘ladi. Fuqarolik kodeksi ham uni qo‘llab-quvvatlaydi. Undan mulkni tortib olishi mumkin emas. Bunday holatlarda yuristlarimiz bilan g‘olib tarafda bo‘lamiz”, deya markaz direktorining so‘zlarini keltirmoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham xususiy mulk daxlsiz deb belgilangan. Shu sababli, xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi va bekor qilinmaydi. Bu masala yuzasidan Prezident qarorida ham alohida keltirib o‘tilgan. Biroq bu qoidaning amalda ijrosi ta’minlanmagani sabab bunday ishlarni hattoki sud jarayonlarida ham o‘tkazilayotganligi achinarli hol, albatta. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining da’volari bilan bu yil 13 ta sud ishi noto‘g‘ri ko‘rilayotganligi sabab tugatilganligi fikrimiz isbotidir.
LiveBarchasi