“E, dema menga”. Qirg‘izistonda deputatlar o‘zaro tortishib ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 17 iyun kuni Qirg‘iziston Jo‘qorg‘u Kengesida (Yuqori kengash) deputatlar Oqilbek Kemelov va Nurbek Murashev o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqalarni rivojlantirish qo‘mitasi yig‘ilishida deputat Kemelov bir necha daqiqa davomida Vazirlar Mahkamasi rahbari Ulug‘bek Maripovni tanqid qilgan. Maripovning javobidan keyin, deputat so‘zida davom etavergan. Bunga hamkasbi Murashev qoidalarga rioya qilishni va boshqalarga ham so‘z berishni iltimos qilgan.

Videolavhada ko‘rinib turibdiku, Murashevning gapi Kemelovga yoqmagan va og‘zaki aytishuvdan so‘ng, u o‘rnidan turib, hamkasbiga tashnalmoqchi bo‘lgan. Biroq, boshqa deputatlar ularni to‘xtatgan.

Qayd etish kerakki, Oqilbek Kemelov sport ustasi va kulatu bo‘yicha Qirg‘izistonning uch karra chempioni. 2016 yilda u Issiqko‘l viloyatidagi “Kulatuu ertaymash WEF” Federatsiyasini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing