Dzyudo. Yirik turnirda O‘zbekiston vakillarining raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 21-23 oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha "katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqa o‘tkaziladi.

Turnirda 65 ta mamlakatdan 419 nafar dzyudochi ishtirok etadi. Mukofot jamg‘armasi 154 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqa sportchilarga Parij-2024 Olimpiadasi uchun muhim ochkolarni taqdim etadi. O‘zbekistonlik 9 nafar sportchi turli vaznlarda mamlakat sharafini himoya qilishadi. 

Erkaklar:

-73 kg: Shahram Ahadov - Alexandru Raisu (Ruminiya);

Obidxon No‘monov - Sayid Al Naqbi (BAA);

-100 kg: Otabek To‘raboyev -  Qaysar Xan (Pokiston);

+100 kg: Bekmurod Oltiboyev - Mustafo Fofana (Gvineya).

Ayollar:

-48 kg: Xalimajon Qurbonova - Jovanna Prado (AQSH);

-52 kg: Diyora Keldiyorova (birinchi bosqichdan ozod etilgan);

-57 kg: Shukurjon Aminova - Nguyen Pxuong (Vetnam);

-70 kg: Shohista Nazarova - Luisa Bonilla (Kolumbiya);

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva - Metka Lobnik (Sloveniya).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘tkazildi. Musobaqada O‘zbekiston vakillari 2 ta oltin medalga ega chiqib,tarixiy natija qayd etgandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing