O‘zbekistonlik dzyudochi BAAda o‘tkazilayotgan yirik musobaqada medalni naqd qildi

Sport

image

Ayni kunlarda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuvlarda 9 nafar o‘zbekistonlik sportchi mamlakat sharafini himoya qilmoqda.

Bugun, 21 oktyabrdagi dasturda ayollar o‘rtasida 52 kg vaznda ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakilasi Diyora Keldiyorova musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Dastlabki bosqichda ispaniyalik Ana Peres Boks, chorak finalda marokashlik Sumiya Irauinidan ustun kelgan Keldiyorova, yarim finalda ikki karra Olimpiada sovrindori italiyalik Odette Jufridani “ippon” bahosi bilan dog‘da qoldirdi.

Kechki dasturda Diyora Keldiyorova oltin medal uchun fransiyalik Astrid Gnetoga qarshi tatamiga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musoba 23 oktyabrga qadar davom etadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing