Dzyudo. To‘raboyev JCHda O‘zbekistonga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi (video)

Sport

image

Dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining bugun, 11 oktyabrdagi bahslari ham O‘zbekiston uchun omadli yakunlandi. -100 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Muzaffar To‘raboyev Jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.

Finalda To‘raboyev kanadalik Kayl Reyesga qarshi tatamiga chiqib, Golden Score'da g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bugungi kun dasturida ayollar o‘rtasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Irisxon Qurbonboyeva JCHdagi ilk bellashuvini polshalik raqibi Bita Pasut-Klojkoga qarshi o‘tkazdi va Golden Score'da imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, dzyudo bo‘yicha 35-jahon chempionatida mezbonlar hozircha ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Musobaqa bahslari 13 oktyabrga qadar davom etadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing