Dzyudo. Diyora Keldiyorova “katta dubulg‘a” musobaqasida kumush medalni yutdi

Sport

image

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova BAA poytaxti Abu-Dabi mezbonlik qilayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida -52 vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Diyora Keldiyorova final bellashuvida fransiyalik Astrid Gnetoga “vazari” bahosi bilan mag‘lubiyatga uchradi.

Ushbu natija orqali Keldiyorova jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida esa 350 ochkoga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqaning sovrin jamg‘armasi 154 000 dollarni tashkil etadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing