Dzyudo. Bugun O‘zbekistonning to‘rt vakili JCH medallari uchun bahslarga kirishadi
Sport
−
08 oktabr 2022 2954 1 daqiqa
Bugun, 8 oktyabr kuni Toshkent shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi kungi bahslari start oldi. Bugungi dasturda to‘rt nafar o‘zbekstonlik dzyudochi o‘z ishtirokini boshlaydi.
-73 kgda Shahram Ahadov Ameria Qo‘shma Shtatlari vakili Dominik Rodrigesga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu vaznda yana bir O‘zbekiston vakili Murodjon Yo‘ldoshev gambiyalik Faye Njiye bilan kuch sinashadi.
Ayollar o‘rtasida -57 kgda Nilufar Ermaganbetova Braziliya jamoasi sportchisi Rafaela Silva bilan, Shukurjon Aminova esa Adina Kochkonbayevaga (Qirg‘iziston)/Mimi Huh (Janubiya Koreya) qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan ikki kun davomida O‘zbekiston vakillari hozircha musobaqada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita olishmadi.
Shahzod Shukurov
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust