Dzyudo. Bugun uch nafar O‘zbekiston vakili xalqaro turnirda o‘z yurishini boshlaydi
Sport
−
22 Oktabr 2022
2702Bugun, 22 oktyabr BAA poytaxti Abu-Dabida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turnirining ikkinchi kungi bahslari start oladi. Kun dasturida o‘rta vaznli sportchilar medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishadi. Bugungi bellashuvlarda uch nafar O‘zbekiston vakili mamlakat sharafini himoya qiladi.
O‘zbekistonlik dzyudochilarning ilk bosqichdagiraqiblari:
-73 kg: Shahram Ahadov – Aleksandru Raisu (Ruminiya);
-73 kg: Obidxon No‘monov – Said Al Naqbi (BAA);
-70 kg: Shohista Nazarova – Luiza Bonilla (Kolumbiya).
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston vakilasi Diyora Keldiyorova (-52 kg) musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritib, Parij Olimpiadasi litsenziyasi uchun qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritgandi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi