Do‘stlik tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 16 fevral kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda tumanga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Umar Ismoilov va viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Unda viloyat hokimi Ergash Saliyev tuman hokimi lavozimiga Shavkat Turayevich Darvishevni tavsiya qilgan. Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullagan.
 
Tayinlovga qadar Darvishev viloyat Moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Do‘stlik tumani sobiq hokimi Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing