Dushanbeda imomlar vaqtincha masjidlarga kelmaslikni tavsiya qilmoqda

Olam

image

Bugun, 4 martdan e’tiboran Tojikiston poytaxti Dushanbedagi masjidlar namozxonlar uchun yopilmoqda. Bu Haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, kecha, 3 mart kuni xufton namozi o‘qilgandan so‘ng, Shohmansur va Ismoil Somoniy tumanlari imom xatiblari endi ular namozlarni o‘z uylarida ado qilishlarini ma’lum qilishgan. Mazkur buyruq hukumat tuzilmasidan fuqarolarni vaziyat haqidagi xabardor qilish uchun kelib tushgan.

“Imom-xatib butun dunyo bo‘ylab koronavirus deb ataluvi yuqimli kasallik tarqalayotgani va  u tez yuqishini aytdi. Amaldorlar bu namozxonlar va ularning oilalari salomatligi maqsadida qabul qilingan vaqtinchalik chora ekanini aytishgan.Biroq odamlar qo‘rqmasligi kerak”, degan nashr bilan muloqot qilgan suhbatdoshlardan biri.

Internetda tarqalgan mazkur xabarlarga nisbatan Hukumat rasmiy munosabat bildirgani yo‘q. 

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 79 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya, Irlandiya, Estoniya, Dominikan Respublikasi, Belarus, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Monako, Lyuksemburg, Litva, Qatar, Islandiya, Chexiya, Ozarbayjon, Daniya, Meksika, Ekvador, San Marino, Niderlandiya, Lixtenshteyn, Chili, Argentina, Ukraina, Tunis, Saudiya Arabistoni, Marokash, Latviya, Iordaniya, Armaniston, Andorra, Senegal, Indoneziya va Ruminiyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Ayni vaqtda koronavirus bilan og‘riganlar dunyo miqyosida 94149 kishini tashkil etmoqda. Virus sabab qurbon bo‘lganlar soni esa 3219 taga yetdi, 50871 kishi esa ushbu virusdan davolanishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Dushanbe koronavirus

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing