Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi poyezd qatnovi 30 yil deganda tiklandi
Olam
−
21 iyun 2022 8728 1 daqiqa
Kecha, 20 iyun kuni 30 yil ichida birinchi marotaba Tojikiston poytaxti Dushanbe temir yo‘l vokzalidan Toshkentga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda tojik mahaliy ommaviy axborot vositalari yozmoqda.
Qayd etilishicha, kecha mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da Toshkentga yo‘l olgan poyezd, bugun, 21 iyun kuni soat 13:43 da yetib keladi. Dushanbedan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 916 kilometr bo‘lib, poyezd yo‘lga 21 soat vaqt sarflaydi.
Eslatib o‘tamiz, 1990-yillar boshida Tojikistonda boshlangan fuqarolar urushi tufayli Toshkent-Dushanbe yo‘lovchi temir yo‘l aloqasi uzilib qolgan edi.
Live
Barchasi