Davlat to‘natirishidan ogohlantirgan Prezident iste’foga chiqdi

Olam

image

Avvalroq, Boliviya Prezidenti Evo Morales mamlakatda davom etayotgan noroziliklar fonida davlat to‘ntarishi o‘tkazilishi mumkinligi haqida xalqqa murojaat qilgandi.

Kecha, 10 noyabr kuni Boliviya Prezidenti Evo Morales iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

“Biz davlat xizmatidagi aka-singillarimiz tahdid va hujumlarga uchramasligi uchun iste’foga chiqamiz”, dedi Evo Morales matbuot anjumanida.

Morales mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni davlat to‘ntarishi deb baholadi.

“Qardoshlarim bizning kurash tugamadi. Biz tenglik va tinchlik uchun kurashshi davom ettiramiz. Hozir mening Prezident sifatidagi vazifam vaziyatni tinchlantirish”, deb qo‘shimcha qildi Morales.

Morales iste’fosidan keyin Boiviyani tark etmasligini ma’lum qildi.

“Men Boliviyadan ketmayman, qochish uchun hech bir sabab yo‘q”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Boliviyada joriy yilning 20 oktyabr kuni prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda davlat rahbari Evo Moralse g‘alaba qozondi. Moralesning asosiy raqibi – sobiq prezident Karlos Mesa uning g‘alabasini tan olmadi. Saylov natijalari e’lon qilingach, Boliviyada norozilik namoyishlari avj oldi. Morales mamlakatda favqulodda holat joriy qilib, muxolifatni davlat to‘ntarishi o‘tkazishda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

iste'fo Boliviya

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing