Dushanba kuni O‘zbekiston–Pokiston–Turkiya harbiylari mashg‘uloti boshlanadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 aprel kuni “Forish” poligonida O‘zbekiston–Pokiston–Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari start oladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bugun, 20 aprel kuni turkiyalik harbiylar Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida kutib olindi. Ular shu yerning o‘zidan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga yo‘l oldi.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari 27 aprelga qadar davom etadi. 

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun kechasi Pokiston harbiy delegatsiyasi ham Toshkentga uchib kelishi kutilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing