Do‘sayev, ket! Olma-otada To‘qayev tayinlagan hokimga qarshi miting o‘tkazildi

Olam

image

Bugun, 5 fevral kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi Fanlar akademiyasi binosi yonida shahar ma’muriyati ruxsati bilan 100 ga yaqin odam mitingga yig‘ildi. Bu yanvar oyidagi tartibsizliklardan keyin bo‘lib o‘tgan ilk tinch miting hisoblanadi. Bu haqda mahalliy nashrlar ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, miting yanvar fojiasida vafot etganlar xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlangan. Namoyishchilar yangi tayinlangan shahar hokimi Yerbolat Do‘sayevning iste’fosini talab qilgan.

Umumiy ma’noda miting ishtirokchilar quyidagi bir qator talablarni ilgari surgan. Ular orasida:

•  hokimlar saylovini joriy etish;
•  amaldagi shahar hokimini lavozimidan ozod etish;
•  yanvar voqealaridan keyin hibsga olingan begunoh odamlarni ozod qilish ham bor.

“Bizda bo‘lgan barcha hokimlar - Esimov, Sagintayev, Baybek, Xrapunov - hammasini bizga yuklab qo‘yishgan. Ularning hech biri shaharliklar bilan muloqot qilmagan. Endi Do‘sayev shahar hokimi bo‘lganidan keyin u shahar manfaati uchun ishlamaydi. Shaharliklarning talabiga quloq solmaydi. Kim tayinlagan bo‘lsa, o‘shanga ishlaydi”, degan miting ishtirokchilaridan biri.

Boshqa bir miting ishtirokchisi minbarga ko‘tarilib, hokimiyatdan tartibsizliklar paytida halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlarni ommaga oshkor etishni talab qilgan. Lekin uni “provokator” deb kuch ishlatib, sahnadan olib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

275

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing