Duradgorning boshiga tosh bilan urgan xaridor qamaldi
3-sahifa
−
27 iyun 2023
7082Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida stol-stul yasash bilan shug‘ullanadigan duradgor usta bilan tortishib, uning boshiga tosh bilan urgan fuqaro qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.
Aytilishicha, voqea o‘tgan yilning dekabr oyida sodir bo‘lgan.
Sudlanuvchi ustadan qiymati 16,5 mln so‘mlik stol-stullarni 15 kun ichida pulini berish sharti bilan olib ketgan. Oradan bir necha oy o‘tsa ham fuqaro kelishilgan pullarni yarmini bergan, xolos. Shundan so‘ng duradgor va xaridor o‘rtasida qarz masalasi sabab janjal kelib chiqqan.
Janjal davomida haqoratlanganidan jahli chiqqan qarzdor ustaning boshiga tosh bilan urgan. Oqibatda hayot uchun xavfli jarohat olgan olgan usta shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tumani sudida ochiq sud majlisi o‘tkazilgan. Sudlanuvchi JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
LiveBarchasi