Dunyoning yirik saytlari ishida uzilishlar yuz berdi
Texnologiya
−
08 iyun 2021 5389 1 daqiqa
Bugun, 8 iyun kuni dunyoning bir qator yirik saytlari, shu jumladan yetakchi ommaviy axborot vositalarining ishida uzilishlar kuzatildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Amazon va Reddit saytlari bilan bir qatorda CNN, “New York Times”, “Guardian”, “Financial Times”, “Independent” kabi yirik Amerika va ingliz ommaviy axborot vositalarining Internet versiyalari bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Shuningdek, Britaniya hukumatining veb-saytining ochilishida ham muammolar yuzaga kelgan.
BBC teleradiokorporatsiyasi, o‘z navbatida, voqea ko‘plab yirik saytlarni qo‘llab-quvvatlaydigan Fastly bulutli hisoblash provayderi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Hozida ushbu yirik saytlardagi muammolar bartaraf etilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28