Dunyoning quruq hududlari migratsiya xavfi ostida
Olam
−
30 noyabr 2023
39762050 yilga borib 216 millionga yaqin odam qurg‘oqchilik tufayli o‘z uyini tashlab, xavfsizroq va farovonroq yashash sharoitlarini izlashga majbur bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘rta yer dengizi, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mintaqalari qurg‘oqchilikdan eng ko‘p zarar ko‘radi, meteorologik prognozlarga ko‘ra, bu hududlarda yog‘ingarchilik 30 foizga kamayadi.
“Anadolu” agentligi o‘z xabarida dunyo bo‘ylab qurg‘oqchilik tahdidi, qurg‘oqchilikdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardagi vaziyat va kelajak uchun prognozlarga e’tibor qaratdi.
Iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelgan qurg‘oqchilik uzoq muddatli zararlari bilan ko‘plab sohalarga, asosan qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va energetikaga ta’sir qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi asosida tayyorlangan hisobotga ko‘ra, har yili dunyoda 55 million kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekadi.
2000-2019 yillarda 1,4 milliard odamning hayotini murakkablashtirgan qurg‘oqchilik qurbonlar soni bo‘yicha tabiiy ofatlar reytingida suv toshqinidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bugungi kunda Yerning harorati sanoatdan oldingi davrga qaraganda taxminan 1,2 darajaga yuqori. Keyingi isish 2050 yilga borib dunyoning olti mintaqasidagi 216 million kishi o‘z mamlakatlarining boshqa qismlariga ko‘chib o‘tishini anglatadi. Mutaxassislar ko‘plab mintaqalarda ichki iqlim migratsiya markazlari bundan ham ertaroq – 2030 yilgacha shakllanishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Agar 2100 yilga kelib global harorat sanoatdan oldingi darajadan o‘rtacha 3 darajaga oshsa, qurg‘oqchilikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar bugungi kunga nisbatan 5 baravar ko‘p bo‘lishi bashorat qilinmoqda.
LiveBarchasi