“Dunyoning eng yaxshi qandolatchisi” aniqlandi
Olam
−
27 Oktabr 2020
5408Belgiyalik Per Markolini "Dunyoning eng yaxshi qandolatchisi" bo‘ldi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Kecha, 26 oktyabr kuni "World Pastry Stars 2020" ko‘rgazmasi o‘tkazilgan. Ko‘rgazma koronavirus pandemiyasi tufayli virtual shaklda tashkil etilgan.
Mustaqil jurnalistlardan iborat hakamlar hay’ati bir ovozdan Per Markolini nomzodini "Dunyoning eng yaxshi qandolatchisi" nominatsiyasiga ma’qul ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Markolini 1995 yilda Lionda ham qandolatchilik sohasida Jahon chempioni deb e’lon qilingan.
Xuddi shu yili u Bryusselda "La Maison Pierre Marcolini" kompaniyasiga asos solgan.
Bugungi kunda uning Belgiyadan tashqari, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Xitoyda 40 dan ortiq qandolatchilik markazlari bor.
LiveBarchasi