Dunyoning eng yaxshi futbolchisi o‘yinidan 90 daqiqa zavqlana olmaganimiz achinarli – Jorjina Rodriges
Sport
−
07 dekabr 2022 11943 1 daqiqa
Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges Portugaliya terma jamoasini JCH-2022 1/8 final uchrashuvida Shveysariya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi. Unda Portugaliya Shveysariyani 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Jorjina turmush o‘rtog‘ini asosiy tarkibda maydonga tushmaganidan norozi bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirgan.
“Tabriklayman, Portugaliya! 11 nafar o‘yinchi madhiyani kuylayotgan paytda barchaning e’tibori sizda edi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi o‘yinidan 90 daqiqa zavqlana olmaganimiz achinarli. Muxlislar sizni qo‘llab-quvvatlashdan va nomingizni aytishdan to‘xtamaydi. Xudo siz va do‘stingiz Fernandu boshchiligida bizga yana bir hayajonli kechani nasib etsin”, deb yozdi Jorjina Rodriges.
Ma’lumot uchun, Shveysariyaga qarshi bahsda Krishtuanu Ronaldu 77-daqiqada Joau Felish o‘rniga maydonga tushdi. Portugaliya 1/4 finalda Marokash terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Live
Barchasi